Bosh vazir oʼrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʼchqorov Oliy Majlis quyi palatasidagi chiqishida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalari 10 foizga, yaʼni inflyatsiyadan past boʼlmagan darajada oshirilishini maʼlum qildi.
Uning aytishicha kecha Prezident bunga doir farmonni imzolagan.
Endilikda:
➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 soʼm etib;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 soʼm etib;
➖ kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 3 yoshgacha boʼlgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 soʼm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan bitta farzandi uchun – 275 000 soʼm; oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʼshimcha – 165 000 soʼm; oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʼshimcha – 110 000 soʼm etib;
➖ kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 soʼm etib belgilandi.