Yakshanba, 22-noyabr 2026 Telegram kanal
Fan-texnika

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etildi

Hujjat bilan 2025 yilda ochish rejalashtirilayotgan filiallar ro‘yxati, shuningdek 2026–2027 yillarda qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilayotgan filiallar ro‘yxati tasdiqlandi. deyildi Kun.uz sayti xabarlarida

КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →

Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab hisoblanadi.

Filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi, bunda bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olingan bo’lib, qabul parametrlari agentlik tomonidan belgilanadi.

Filiallarda o‘quvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlanish tashkil yetiladi.

Filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam bo‘lmagan, yagona yondashuv asosida 2026–2027 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek oʻqingDavlat ta’lim va tibbiyot tashkilotlari bog’larini xususiylashtirish taqiqlandi

Manba; Kun.uz

Teglar: ta'lim
Sara yangiliklar — Telegram kanalimizdaKuniga 5–7 ta eng muhim xabar. Ortiqcha shovqinsiz.
Obuna boʻlish

Fan-texnika boʻlimida yana

Barchasi →