Yakshanba, 22-noyabr 2026 Telegram kanal
Jamiyat

Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.

КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →

Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.

Ma’lumotda to‘plangan jarima bali, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning asos bo‘luvchi moddasi va bandi keltiriladi.

Jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan jarimalar asosida, avtomatlashtirilgan tartibda inson omilisiz E-jarima moduli orqali hisoblab boriladi.

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari yozilmaydi.

Teglar: mygov
Sara yangiliklar — Telegram kanalimizdaKuniga 5–7 ta eng muhim xabar. Ortiqcha shovqinsiz.
Obuna boʻlish

Jamiyat boʻlimida yana

Barchasi →