Yakshanba, 22-noyabr 2026 Telegram kanal
Sport

U-17 Osiyo chempionati. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionati chorak final bosqichi bahslari o‘tkazilmoqda. 

КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionati chorak final bosqichi bahslari o‘tkazilmoqda. 

Indoneziya terma jamoasi 14-aprel, dushanba kuni Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushib, 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkita gol urilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda shimoliy koreyaliklar to‘rtta to‘p kiritdi. 

Shunday qilib, O‘zbekiston yoshlarining yarim finaldagi raqibi Shimoliy Koreya terma jamoasi bo‘ldi. Ushbu uchrashuv 17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.

Sara yangiliklar — Telegram kanalimizdaKuniga 5–7 ta eng muhim xabar. Ortiqcha shovqinsiz.
Obuna boʻlish

Sport boʻlimida yana

Barchasi →