Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lionel Messining Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga bag’ishlangan postiga izoh qoldirdi. Ronaldu, «Leo, shuncha yil mamlakating sharafini himoya qilding – sening tarixing xotiralarda abadiy qoladi. Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaringni chin dildan hurmat qilaman. Quchoqlab qolaman», deb yozdi. Messi 7-oktabrga oʻtar kechasi Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv oʻyinini oʻtkazdi. Ushbu uchrashuv Buenos-Ayresda Beninga qarshi boʻlib oʻtdi va mezbonlar 3:0 hisobida g’alaba qozonishdi. Messi o’zining 39 yoshida penaltidan gol urdi va ikkita golli uzatma berdi. Milliy jamoa safida Messi 208 ta uchrashuvda 126 ta gol urdi va 70 ta golli uzatma bergan. Ronaldu avvalroq ham Messining otasidan ayrilgani haqidagi postiga izoh yozib, hamdardlik bildirgandi. Ushbu izoh hozirgacha 7,2 million «layk» to’plagan va Instagram tarixida eng ko’p «layk» yig’gan izoh bo’lib turibdi.
Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.