Yakshanba, 22-noyabr 2026 Telegram kanal
Soʻnggi yangiliklar

Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda reyslarida umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

Agar 30-apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi.

КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →

“Haj 2025” dasturi boshlangani munosabati bilan 2025-yil 14-apreldan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14-apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega bo‘lishi va 2025-yil 30-aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.

Agar 30-apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi.

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi aylanmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent—Jidda—Toshkent reyslari 2025-yil 30-apreldan boshlab bekor qilinadi.

Sara yangiliklar — Telegram kanalimizdaKuniga 5–7 ta eng muhim xabar. Ortiqcha shovqinsiz.
Obuna boʻlish

Soʻnggi yangiliklar boʻlimida yana

Barchasi →