Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Nurafshonda 13,9 mlrd so‘m budjet puli talon-toroj qilindi

Nurafshonda 13,9 mlrd so‘m budjet puli talon-toroj qilindi

Nurafshon shahrida joylashgan oqova suv tozalash inshootida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko‘ra, qurilish ishlari «Suv taʼminot va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi» DUK Toshkent hududiy boshqarmasi va Toshkent viloyati «Suvoqova» DUK o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilgan. Tekshiruv natijasida, inshootda bajarilgan ishlar qiymati amalda 73,3 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hujjatlarda bu raqam 87,2 milliard so‘mga oshirilgan. Natijada, 13,9 milliard so‘mlik farq budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish usuli bilan talon-toroj qilingan. Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.