O‘zbekiston Respublikasida yirik oliy ta’lim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining faoliyati bosqichma-bosqich tijoratlashtirilishi rejalashtirilmoqda. 27-avgust kuni imzolangan prezident farmoni ushbu jarayonni ilgari surishning muhim qadamidir. Farmonga ko‘ra, yirik oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi. Bu esa ularning faoliyatini yaxshilash va xususiy investorlarni jalb etish imkonini beradi. Xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali, muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, o‘quv va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsad qilingan. Bunda, tegishli takliflar Prezident Administratsiyasiga 1-noyabrgacha kiritilishi lozim. Ushbu qaror oliy ta’lim va tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlar yaratishi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kutilmoqda. Yirik oliy ta’lim muassasalari uchun xususiy sektor bilan hamkorlik, o‘quv dasturlarini yangilash, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, tibbiyot markazlarida sifatli xizmatlar ko‘rsatish, yangi texnologiyalarni joriy etish va bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga yordam beradi.
Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.