Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Ukraina Yandeksga birinchi bor hujum qildi

Ukraina Yandeksga birinchi bor hujum qildi

8-oktabr kechasi Ukraina ilk bor Yandeks kompaniyasining Ryazan oblastidagi Sasovo shahridagi data-markaziga dronlar bilan hujum qildi. Hujum natijasida kuchli yong’in sodir bo’lib, kompaniya hodisani tasdiqlagan va ayrim xizmatlar vaqtincha ishlamasligi mumkinligini ogohlantirgan. Yong’in tongda o’chirilgan va jarohatlanganlar yo’q. Data-markaz faoliyatini tiklaganidan so’ng, foydalanuvchilar Yandeks xizmatlarida nosozliklar yuz berayotganini bildirganlar. Xususan, Yandex Cloud, Yandeks.Disk va Yandeks.Dokumenti xizmatlarida muammolar kuzatilmoqda. Moskva birjasida Yandeks aksiyalari narxi 3 foizdan ortiq pasaygan. Hujum Sasta stanoksozlik zavodi hududi bo’ylab amalga oshirilgan. Ryazan oblast ma’muriyati zavod nomini tilga olmagan holda, ‘korxonalardan birining tom qismi yonib ketgani’ haqida xabar bergan. Sasta zavodida quvur kesuvchi dastgohlar ishlab chiqariladi va bu mahsulotlar eksportga chiqariladi. Astra nashrining ma’lumotiga ko’ra, ushbu korxona mudofaa korxonalarini o’z mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Yandeks data-markazi 2014-yildan buyon Sasta zavodining sobiq binolarida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning neyrosetlarni o’rgatish uchun mo’ljallangan uchta superkompyuteri bor, ulardan ikkitasi Sasovo markazida joylashgan. ‘Chervonenkis’ superkompyuteri kompaniya hisoblagichlari orasida eng unumdor hisoblanadi va 2021-yilda jahondagi Top-500 superkompyuterlar reytingida 19-o’rinni egallagan.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.