Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Marketpleys mahsulotlarni qanday ko’rsatadi?

Marketpleys mahsulotlarni qanday ko'rsatadi?

Xaridorlar marketpleysda o’zlariga kerakli mahsulotlarni izlayotganda, ekranda ko’rgan birinchi tovarlar haqiqatan ham eng yaxshi takliflarmi? Ushbu savol raqamli savdoning tez rivojlanishi bilan yanada dolzarb bo’lib bormoqda. Mahsulotlar qanday tartibda ko’rsatilishi xaridorlarning tanlovlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ko’plab xaridorlar ‘Top tavsiya’, ‘Eng ko’p sotilgan’ kabi yorliqlar bilan ajralib turuvchi mahsulotlarga e’tibor beradilar. Biroq, bu mahsulotlar rostdan ham eng arzon yoki sifatli bo’lishi shart emas. 2024-yilda B2C elektron tijorat hajmi 4,12 trillion dollarga yetishi kutilmoqda, bu esa onlayn xaridorlar sonining 2,5 milliardga yetishi bilan birga keladi. O’zbekistonda ham elektron savdo va internetdan foydalanish kengayib borayotganligi sababli, xaridorlar uchun mahsulotlarning ko’rinishi va tartibi muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Marketpleyslar esa nafaqat savdo maydoni, balki bir vaqtning o’zida maydon egasi, qoidalarni belgilovchi hakam va foydalanuvchilar uchun manfaatdor o’yinchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu esa xaridorlar va sotuvchilar o’rtasida raqobatni kuchaytiradi va platformaning o’z manfaatlarini iste’molchilar manfaatlari bilan to’qnashuviga olib keladi.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.