Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

MrBeast Toshkentga tashrif buyuradi: Yoshlar uchun yangi imkoniyat

MrBeast Toshkentga tashrif buyuradi: Yoshlar uchun yangi imkoniyat

Dunyodagi eng mashhur YouTube-bloger MrBeast, asl ismi Jimmi Donaldson, Markaziy Osiyoga ilk safarida Toshkentga tashrif buyuradi. MrBeast o’zining 500 milliondan ortiq obunachisi bilan YouTube’dagi eng mashhur kontent yaratuvchisi hisoblanadi. U keng ko’lamli video loyihalari orqali, murakkab sahna ijrolari va katta sovrinlar bilan birga, minglab odamlarni video kontent ishlab chiqarishga jalb qiladi.

Uning «Beast Philantrophy» kanali xayriya loyihalariga bag’ishlangan bo’lib, ochlikka qarshi kurash, toza suvdan foydalanish va bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko’zlaydi. Toshkentda Jimmi Donaldson bilan uchrashuvga qatnashmoqchi bo’lganlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan tasodifiy tanlov orqali ishtirokchilar belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda interfaol o’yinlar va trivial viktorinalar o’tkaziladi, g’oliblarga esa qimmatbaho sovg’alar taqdim etiladi. Jamg‘armaning ma’lum qilishicha, MrBeastning O’zbekistonga tashrifi yoshlar orasida YouTube hamjamiyatini rivojlantirishga katta hissa qo’shadi. Bu tadbir mahalliy ijodkorlarni ilhomlantirishi va video ishlab chiqarish sifatini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

Uchrashuvda ishtirok etishni xohlovchilar 18 yoshdan katta bo’lishi shart. Ro’yxatdan o’tish jarayonida takroriy yoki avtomatik arizalar chetlashtirilishi mumkin. Tanlangan ishtirokchilar bilan Jamgʻarma alohida aloqaga chiqib, tadbir sanasi va joyi haqida ma’lumot beradi. Ularning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanadi.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.