Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 12 099.72 +15.62 EUR 14 223.22 +25.61 RUB 148.90 +2.18

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov bugun ushbu vaziyatga izoh berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori statistik jihatdan hududlar kesimida hisob olib borish maqsadida qilingan.

Litsenziya olishda propiskaga yoki mashinaning davlat raqam belgisiga qaralmaydi.

Masalan, Samarqand viloyatidan 30 raqam olingan hamda doimiy yashash joyi Urgut bo‘lsa ham, u istalgan hududda, aytaylik, Toshkentda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olishi mumkin.