• Bosh sahifa
  • Sport
  • U-17 Osiyo chempionati. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
Osiyo chempionati
40

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionati chorak final bosqichi bahslari o‘tkazilmoqda. 

Indoneziya terma jamoasi 14-aprel, dushanba kuni Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushib, 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkita gol urilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda shimoliy koreyaliklar to‘rtta to‘p kiritdi. 

Shunday qilib, O‘zbekiston yoshlarining yarim finaldagi raqibi Shimoliy Koreya terma jamoasi bo‘ldi. Ushbu uchrashuv 17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.

Izoh qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mavzuga oid