Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Kichik biznesni tekshirishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi

Kichik biznesni tekshirishga 3 yillik moratoriy e'lon qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu farmon mehnat qonunchiligiga rioya etilishini o’rganish, fuqarolar murojaatlari asosidagi va boshqa ayrim tegishli tekshiruvlar bundan mustasno. Moratoriy amal qilish davrida kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, kichik biznes sub’ektlariga yanada erkin ish olib borish imkonini yaratadi. Moratoriyga rioya qilmay, tekshiruv o’tkazgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu yangilik kichik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ularning rivojlanishiga yordam berishi kutilmoqda.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.