Elektron pochta: info@xabardor24.uz

Kurs UZS: USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Bulungʻurlik ayol tirikligini isbotlay olmayapti

Bulungʻurlik ayol tirikligini isbotlay olmayapti

Bulungʻur tumanida yashovchi 25 yoshli ayol, davlat elektron bazalarida vafot etgan shaxs sifatida qayd etilganini aytmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, 2022-yilda tugʻuruqxonada yuzaga kelgan xatolik natijasida u va uning chaqalogʻi ‘ona va bola o’limi’ sifatida bazaga kiritilgan. Natijada, 4 yil o’tgan bo’lsada, Face ID tizimi va MyGov ilovasida ‘fuqaro tirik emas’ degan ma’lumot aks etmoqda. Ayol, hozirda bu holatni tuzatish uchun harakat qilishda. Viloyat Sog’liqni Saqlash Boshqarmasi muammoni bartaraf etilganini ta’kidlagan, ammo ayol uchun bu jarayon hali ham qiyin bo’lib qolmoqda.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.