Zafarobod tuman hokimi YTHga uchradi
Zafarobod tuman hokimi Gʻayratjon Eshpoʻlatovning avtomobili yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Ota va uning o'g'li jiddiy jarohatlar olib, shoshilinch yordamga murojaat qilishdi.
КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →
Zafarobod tuman hokimi Gʻayratjon Eshpoʻlatov yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Hodisa hokimga biriktirilgan xizmat avtomobilida yuz berdi. Ma’lum bo’lishicha, rulda hokimning voyaga yetmagan o’g’li bo’lgan. Ota-bola jiddiy jarohatlar olib, Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga olib kelingan. Bunday hodisalar jamoatchilik e’tiboriga sabab bo’lib, ular avtotransport xavfsizligi masalalarini yana bir bor ko’rib chiqishga undaydi.
Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.







