Yakshanba, 22-noyabr 2026 Telegram kanal
Biznes

Kichik biznesni tekshirishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yillik moratoriy e'lon qilindi. Ushbu qaror kichik biznesni qo'llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →
Manba: Kun.uz

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Ushbu farmon mehnat qonunchiligiga rioya etilishini o’rganish, fuqarolar murojaatlari asosidagi va boshqa ayrim tegishli tekshiruvlar bundan mustasno. Moratoriy amal qilish davrida kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, kichik biznes sub’ektlariga yanada erkin ish olib borish imkonini yaratadi. Moratoriyga rioya qilmay, tekshiruv o’tkazgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu yangilik kichik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ularning rivojlanishiga yordam berishi kutilmoqda.

Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.

Sara yangiliklar — Telegram kanalimizdaKuniga 5–7 ta eng muhim xabar. Ortiqcha shovqinsiz.
Obuna boʻlish

Biznes boʻlimida yana

Barchasi →