Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab hisoblanadi.
Filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi, bunda bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olingan bo’lib, qabul parametrlari agentlik tomonidan belgilanadi.
Filiallarda o‘quvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlanish tashkil yetiladi.
Filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam bo‘lmagan, yagona yondashuv asosida 2026–2027 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Manba; Kun.uz