Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan – jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining matbuot xizmatining ma’lumot berishicha,o’qishni ko’chirish istagida bo’lgan talabgorda mutaxassislik yoki majburiy fanlardan xalqaro tan olingan yoki milliy sertifikatlari mavjud bo’lsa ham ular shu fanlardan bo’ladigan imtihondan ozod etilmaydi.
Chunki, o’qishni ko’chirish uchun mutaxassislik fanlari yuzasidan shu fanni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun test yoki amaliy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi.