47

Dueyn Jonson, Rayan Reynolds, Kevin Hart va Hyu Jekman aktyorlik faoliyatidan yaxshigina gonorar topadi. Gollivudning mazkur yulduzlari bu pullarni nimaga ?

Dueyn Jonson

Aktyor 2024-yilgi Forbes reytingida 88 million dollar daromad bilan birinchi o‘rinni egalladi. U “Missiya: Qizil” filmidagi roli uchun pul oldi va “Moana” filmining ikkinchi qismi foydasidan sezilarli daromad ko‘rdi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda aktyorning boyligi 800 million dollarni tashkil etadi. U bu mablag‘larni turli biznes-loyihalarga, xayriya ishlariga sarflaydi, ammo o‘zini ham unutmaydi.

U pullarini avtomobillar, ko‘chmas mulk va hatto butun boshli XFL futbol ligasini sotib olishga sarflagan. So‘nggi bir necha yil ichida Jonson o‘ndan ortiq uy sotdi va sotib oldi, ular orasida hashamatli qasrlar ham bor edi.

Bundan tashqari, uch qizning mehribon otasi Dueyn avtomobil ishqibozi ham. Uning ixtiyorida o‘ndan ortiq mashina, jumladan, maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan Pagani Huayra mavjud. Shuningdek, u dunyodagi eng tezkor xususiy samolyot deb ataydigan shaxsiy Gulfstream G650 samolyotiga ega.

Rayan Reynolds

O‘tgan yil “Dedpul va Rosomaxa” hamda “Xayoliy do‘stlar” filmlari tufayli 85 million dollar daromad oldi. Umuman olganda, aktyorning hisobida taxminan 350 million dollar mavjud. Aktyor va uning rafiqasi Bleyk Layvlining Nyu York shtatining shimoliy qismidagi mulki mutaxassislar tomonidan 6 million dollarga baholanmoqda.

Besh yil oldin Reynolds do‘sti Rob Makelxenni bilan hamkorlikda Wrexham AFC futbol klubini 2,5 million dollarga sotib oldi. Bir necha yil avval esa Alpine Formula 1 poyga jamoasiga sarmoya kiritdi.

To‘rt farzandli Rayanning qo‘shimcha biznesi ham bor — u Tinder va Match.com kabi ilovalarni boshqaruvchi Match Group direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u o‘zining Aviation American Gin alkogol brendini 2020-yilda taxminan 610 million dollarga sotgan.

Reynolds xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanadi. Uning xarajatlari orasida Kanadaning tub aholisini toza suv bilan ta’minlaydigan Water First tashkilotiga 500 ming dollar va “Helen” hamda “Milton” to‘fonlaridan jabrlanganlarga yordam berish uchun 1 million dollar ajratgan.

Izoh qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mavzuga oid