Antaliyada yashovchi Gulsum ismli ayol, bir kuni kasalxonaga qarindoshini ko‘rgani boradi. U qaytishida avariya oqibatida behush bo‘lib qolgan, ismi nomaʼlum bo‘lgan bir yigitni ko‘radi. O‘sha paytda Gulsum bu ahvolda bolani tashlab ketish mumkin emasligini anglab, yigitni uyiga olib ketadi. O‘sha paytda uning kimligi, millati yoki qayerdan kelgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi. Keyinchalik, bu yigitning rus ekanligi aniqlanadi va Gulsum unga Umid deb ism qo‘yadi. U yigitni o‘z bolasiday parvarishlaydi va uning hayotini qayta tiklashga harakat qiladi. O‘tgan yili bu matonat hikoyasi asosida film ham suratga olingan. Bu voqea insoniyatning mehr-muruvvatini va hayotga bo‘lgan umidni aks ettiradi.
Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.