27 iyul kuni Moskva shahrining Ochakovo-Matveyevskiy rayonida o’nlab mehnat muhojirlari tahqirlanganligi aniqlandi. Migratsiya agentligi va Rossiyadagi diplomatik missiya bu holat yuzasidan o’rganish ishlarini olib bormoqda. O’tkazilgan reyd natijasida voqea joyida qo’shni davlatlar fuqarolari ham ishtirok etganligi ma’lum bo’ldi. Agentlikning rasmiy munosabatida bildirilishicha, qurilish obyektida 320 nafardan ortiq xorijiy davlat fuqarolari, jumladan 70 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar ishlamoqda. Bu holat, mehnat muhojirlari uchun tahqirlanish xavfini yana bir bor ko’rsatdi va ularning huquqlari himoya qilinishi zarurligini ta’kidlamoqda.
Ushbu maqolani kirill alifbosida ham o’qishingiz mumkin.