Yakshanba, 22-noyabr 2026 Telegram kanal
Jahon

Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

Yaponiya aholisi o‘tgan hisobot yilida (2023 yil oktyabrdan 2024 yil oktyabrga qadar) 550 ming kishiga kamaydi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi hisobotida so‘z boradi.

КирБу мақолани кирилл ёзувида ўқинг →

Mamlakatda 15 yoshdan kichik aholi ulushi 11,2 foizgacha tushib ketdi.

Yaponiya aholisi o‘tgan hisobot yilida (2023 yil oktyabrdan 2024 yil oktyabrga qadar) 550 ming kishiga kamaydi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi hisobotida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, Yaponiya aholisi ketma-ket 14-marotaba kamaymoqda. Hozirda mamlakat aholisi 123,8 million kishini tashkil etadi.

Mamlakatda yashovchi Yaponiya fuqarolari soni 898 ming kishiga kamaygan — bu 1968 yildan beri yuritilayotgan statistika tarixidagi eng katta yillik pasayishdir.

Shuningdek oʻqingYaponiyada ota yetti yoshli oʻgʻlini Fudziyamaga qoldirib ketdi

Shu bilan birga, Yaponiya aholisi sezilarli darajada qarishni davom etmoqda. Yil yakunlariga ko‘ra, 15 yoshdan kichik aholi ulushi 11,2 foizni tashkil etgan — 13,83 million kishi. Bu undan oldingi yilga nisbatan 343 ming kishiga kam bo‘lib, butun tarixdagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mamlakatda keksalar (65 yoshdan kattalar) soni esa oshmoqda. 2024 yilda ularning soni 17 ming kishiga ko‘paygan — 36,24 million. Ular Yaponiya aholisining 29,3 foizini tashkil etadi.

Teglar: Yaponiya
Sara yangiliklar — Telegram kanalimizdaKuniga 5–7 ta eng muhim xabar. Ortiqcha shovqinsiz.
Obuna boʻlish

Jahon boʻlimida yana

Barchasi →